09:34 / 17.03.2018
4 672

Putinning sinfdoshi: "Undan uyga vazifani ko‘chirib olishni so‘raganimda u rad etgan"

Путиннинг синфдоши: "Ундан уйга вазифани кўчириб олишни сўраганимда у рад этган"
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sinfdoshi Shvetsiyaning Expressen nashri jurnalisti bilan xotiralarini bo‘lishdi, deb yozadi Daryo.

64 yoshli Svetlana Potapchuk u nemis tilidan uyga vazifani ko‘chirib olishni so‘raganda, «Putya» qanday qilib qat’iy «yo‘q» deganini hamon eslaydi.

«Volodya hayotda nima istashini yaxshi bilardi, — xotirlaydi Svetlana. — U yettinchi sinfda ayg‘oqchilar haqidagi ‘Qilich va qalqon’ filmini ko‘rgan. U razvedka ofitseri bo‘lishni istardi. Aynan shuning uchun bizning maktabimizga o‘qishga kirishga qaror qilgan. Unga tillarni bilish va kimyoni tushunish yaxshi ekanligini aytishgan. Bu yangi yadro quroli yaratilayotgan davr edi».

«50 yil o‘tganligiga qaramasdan, hamon yodimda. Undan uyga vazifani ko‘chirib olishni so‘radim, ammo u ‘yo‘q’ deb javob berdi. U o‘sha paytlardayoq qat’iy edi», — deydi Svetlana.

Biroq u bu voqea uchun xafa bo‘lib yurmaydi. 18 mart kuni sobiq sinfdoshi uchun ovoz beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning sinfdoshi: "Undan uyga vazifani ko‘chirib olishni so‘raganimda u rad etgan"