Foto: «RIA Novosti»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining saylov shtabi vakillari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida to‘rtinchi prezidentlik muddatidagi asosiy vazifasi ichki muammolarni hal etish ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra asosiy vazifa Rossiya iqtisodiyotini ko‘tarish va unga innovatsion tus berishdir.
«Bu sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasi, ishlab chiqarishdagi, infrastruktura va fuqarolarimiz hayot darajasini oshirishga qaratilgan ko‘plab sohalardagi rivojlanishni o‘z ichiga qamrab oladi», — dedi Putin.
Shu bilan birga, davlat rahbari mamlakatning mudofaa va xavfsizlik masalalarini ham e’tibordan chetda qoldirmasligini aytib o‘tdi.
Avvalroq prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning mamlakatni rivojlantirishning tushunarli va izchil rejasi borligini aytgan edi. Uning rejasi davlat rahbarining ko‘rsatmalariga asosan tayyorlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?