Internetda Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko qo‘lga olingani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Rolik jurnalist Yan Dobronosov tomonidan Facebook tarmog‘ida e’lon qilinganligini Kun nashri ma’lum qiladi.
Videoda Savchenkoga uning qo‘lga olinish sababi o‘qib beriladi, unga huquq va majburiyatlari eslatiladi.
Bugun Ukraina Oliy radasi deputat Nadejda Savchenkoni javobgarlikka tortish, qo‘lga olish va hibs qilishga rozilik berdi, shundan so‘ng u mamlakat parlamenti binosida qo‘lga olindi. U Kiyevdagi Ukraina Xavfsizlik xizmati boshqarmasiga piyoda kelgan.
Parlament Savchenkodan deputatlik daxlsizligini olib qo‘yish bo‘yicha taklifga rozi bo‘lgan.
Deputatni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 291 deputat «ha» deb ovoz berdi. Savchenkoni qo‘lga olishga 277 deputat rozi bo‘lgan bo‘lsa, hibs qilish uchun – 268.
Bosh prokuratura Savchenkoni parlament binosi hududida terakt sodir etishga urinishda gumonlamoqda.
Bugun Savchenko Ukraina Oliy radasi qo‘mitasi yig‘ilishiga ikkita anor (granat) bilan keldi. Bu yig‘ilishda Savchenkoni daxlsizlikdan mahrum etish, javobgarlikka tortish, qo‘lga olish va hibs qilishga rozilik berish masalasi ko‘rib chiqildi. 15-mart kuni Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lutsenko uni hibsga olishni so‘ragandi. O‘shanda u tergovda Savchenko Radada terakt uyushtirishni rejalashtirgani bo‘yicha «rad etib bo‘lmas» dalillarga egaligini aytgandi: ikki lojani «harbiy granatalar bilan yo‘q qilish», «minorani minomyotda urib tushirish» va «omon qolganlarni avtomat bilan qirib tashlash».
«Sizlarga hozir o‘limga naqadar yaqin bo‘lganingizni aytishim kerak. Sizlarni qo‘rqitishgan, sumkamda granatalar bormidi? Ha, granatlar bor edi. Granatlar bo‘lgandi. Mana ular», – deya ikkita anorni stolga tashladi Savchenko. Uning aytishicha, 15 mart kuni Radada ham uning yonida shunday «granata»lar bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin