30 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning qarori bilan uning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi, deb yozadi Daryo Tengrinews'ga tayanib.
Turkmanistonning TDH davlat axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha kuniyoq Turkmaniston parlamentiga saylovlar natijalari e’lon qilindi. Serdar Berdimuhamedov 25 700 nafar saylovchilarning ovozini yoki jami ovozlarning 91,42 foizini qo‘lga kiritdi.
Turkmaniston konstitutsiyasining 87-moddasiga ko‘ra, Majlis deputati bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi a’zosi, hokim, archin, sudya, prokuror lavozimini egallay olmaydi.
Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari rasman Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kirmaydi, shu sababli bu yerda qonun buzilishi yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi