Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
O‘zbekistonga ziyorat turizmi dasturi bo‘yicha Pokistondan bir guruh sayyoh keldi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur safar tashkilotchisi, jurnalist va yozuvchi Qosim Ali Shoh o‘tgan gal Samarqandga sayohatidan katta taassurot olgan, O‘zbekistondan qaytganidan so‘ng hamyurtlari safidan katta guruh to‘plagandi. Uning YouTube’dagi kanalida yarim milliondan ko‘proq obunachisi bor, shu bois u bilan birga Toshkentga 135 kishi uchib keldi.
Ularni «Toshkent» xalqaro aeroportida qo‘mita, milliy aviakompaniya, mahalliy turizm kompaniyalari va OAV vakillari kutib oldi.
Guruh rahbari jurnalistlarga bergan intervyusida turizm sohasidagi ulkan salohiyatiga qaramay, O‘zbekiston haqida dunyoda kam bilishlarini aytdi. Shuningdek O‘zbekistonni va uning turizm salohiyatini butun dunyoga tanishtirishda yordam berish istagida ekanligi, buni ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirishini bildirdi.
Pokistonlik ziyoratchilar O‘zbekistondagi muqaddas qadamjolar bo‘lgan Samarqand va Buxoroga sayohat qiladi. Ular 4 aprel kuni safarni yakunlab, Lahorga uchib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi