Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriya hududida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotining oraliq natijalari haqida so‘zlab berdi.
“Ayni vaqtda Afrinda 3844 terrorchi yo‘q qilingan. Bu Fransiyani tashvishlantirmoqda, biroq biz bu yo‘ldan ketishni davom ettiramiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an teleintervyuda.
Uning aytishicha, amaliyot “Tall-Rifat aholi punkti va boshqa yaqin atrofdagi hududlarda” davom etmoqda.
Avvalroq Erdo‘g‘an Suriya bilan chegaradosh hududlarda yangi aksilterrorchilik amaliyotlari o‘tkazishga tayyorligini aytgan.
Turkiya 20 yanvarda Suriyaning Afrinida kurd tuzilmalariga qarshi “Zaytun novdasi” amaliyotini boshlagan. 18 martda Erdo‘g‘an Afrin turk harbiylari tomonidan olinganini ma’lum qilgan. Keyinroq u Manbij va Idlibda ham harbiy harakatlarni davom ettirishga va’da bergan.
Fransiya ushbu amaliyotga qarshi chiqmoqda. Yanvarda Parij tashabbusi bilan bu masala bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi chaqirtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?