Kemerovodagi yirik yong‘in yuz bergan “Zimnyaya vishnya” savdo markazining yong‘in signalizatsiyasi avtomatik rejimdan qo‘l boshqaruvi rejimiga o‘tkazilgan va qo‘riqchilar yong‘in haqida signal olganlarida zarur harakatlarni amalga oshirmaganlar. Bu haqda Rossiya favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat nazoratchisi Rinat Yenikeyev intervyuda ma’lum qildi.
“Tushunishimcha, 19 martdan boshlab signalizatsiya nosoz ishlay boshlagan va yolg‘on ogohlantirishlar jo‘natgan. Shu sababli u o‘chirilib, qo‘l boshqaruviga o‘tkazilgan”, deb ma’lum qilgan Yenikeyev.
Uning aytishicha, yong‘in xavfsizligi tizimi avtomatik rejimda bir onda tutunni bartaraf etish tizimini yoqishi, liftlarni 1-qavatga tushirishi, barcha eskalatorlarni faqat tushish tomon yo‘naltirishi va evakuatsiya chiqish eshiklarini ochishi kerak.
Yenikeyevning aytishicha, savdo markazidagi yong‘in haqidagi signal 1-qavatda joylashgan pultdagi qo‘riqchiga kelib tushgan. Bundan keyin qo‘riqchi avtomatik rejimda yoqilishi kerak bo‘lgan barcha tizimlarni qo‘lda yoqib chiqishi kerak bo‘lgan. “Biroq u buni qilmagan va favqulodda vaziyatlar vazirligini yong‘in haqida xabardor qilmagan”, deb aytgan Yenikeyev va qutqaruvchilarga boshqa noma’lum odam qo‘ng‘iroq qilganini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, yong‘in vaqtida savdo markazida umumiy ventilyatsiya ishlashda davom etgan, bu esa yong‘inning tezda tarqalishiga olib kelgan.
Yenikeyevning aytishicha, voqealarning aniq surati signalizatsiya nazorat qurilmasidan barcha ma’lumot olingandan keyin tiklanadi. U hozir tergovchilar tomondan rasshifrovka qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?