15:25 / 09.04.2018
3 965

Rossiyada o‘zbekistonlik 7 nafar migrant terrorizmda aybdor deb topildi

Rossiyada o‘zbekistonlik 7 nafar migrant terrorizmda aybdor deb topildi
Rossiyaning Samara shahrida Moskva, Sankt-Peterburg va Yekaterinburgda qator teraktlarni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan o‘zbekistonlik migrantlar guruhi ishi yuzasidan sud jarayoni yakunlandi. Ular IShID terrorchilik guruhiga aloqadorlikda ham gumonlanmoqda, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Privoljsk okrug harbiy sudi yopiq sud majlisida O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan yetti kishini «terrorizm», «qurol bilan noqonuniy savdo qilish», «portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash»da aybdor deb topdi. Ular 12 yildan 17 yilgacha bo‘lgan muddatga qamaldi. Sud jarayoni yakunlangani va migrantlarga hukm chiqarilgani haqida sudlanuvchilardan biri – Kozim Abdullajonovning advokati Denis Gudkov xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sudlanuvchilarning qarindoshlari hamda advokatlari FXX tomonidan qo‘yilgan ayblovlar sudda o‘z isbotini topmagani haqida ma’lum qilmoqda.

– Kozimjon va yana olti nafar sudlanuvchi Yekaterinburg shahrida faoliyat ko‘rsatgan va «Karnaval» savdo markazini portlatib yuborishni rejalashtirgan IShID yacheykasi a’zolari bo‘lganlikda ayblangan. Bundan maqsad – Rossiya rahbariyatiga Suriyadagi harbiy amaliyotini to‘xtatish maqsadida ta’sir ko‘rsatish bo‘lgan. Biroq eng boshidan hammasi bir-biriga zid bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Kozimjon ertalabki soat oltida o‘z kvartirasida negadir kurtkada o‘tirgan, FXX xodimlari uning yonidan granata topishgan. Eng kulgisi shundaki, yana ikki sudlanuvchi xuddi shunday tarzda qo‘lga olindi. Avvaliga migrantlarning uyiga tezkor xodimlar guruhi kelgan, ular guvohlarsiz tintuv o‘tkazishgan, keyin esa u yerga guvohlar bilan tergovchi yetib kelgan», - deydi Denis Gudkov.

Denis Gudkovning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik migrantlar ishi bo‘yicha sud yopiq rejimda o‘tgan. Sudya advokatlarning tergov qonunlarni buzgan holda o‘tkazilgani bo‘yicha gaplarini, shuningdek, sudlanuvchilarning so‘roq chog‘ida qiynoqqa solinganlari bo‘yicha bayonotlarini e’tiborga olmadi, dedi u.

Ayblov xulosasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik migrantlar O‘zbekistonning 34 yoshli fuqarosi Ziyodulla Ibodov ko‘magida portlovchi qurilma yasashga urinishgan, u, Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari ma’lumotiga ko‘ra, «Jabxot an-Nusra» terrorchilik guruhi a’zosi bo‘lgan. Bundan tashqari, ayblov xulosasida keltirilishicha, o‘zbekistonlik migrantlar Suriyaga 100 AQSh dollari miqdorida pul yuborishgan.

Denis Gudkovning aytishicha, sudlangan o‘zbekistonlik migrantlar ishi bo‘yicha yuqori turuvchi instansiyalarga, xususan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat etmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik 7 nafar migrant terrorizmda aybdor deb topildi