06:30 / 10.04.2018
5 356

“Putin ham, boshqasi ham javob beradi” – Tramp Suriya bo‘yicha 48 soat ichida qaror qabul qilmoqchi

“Putin ham, boshqasi ham javob beradi” – Tramp Suriya bo‘yicha 48 soat ichida qaror qabul qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp 9 aprelda AQSh Suriyada kimyoviy hujum amalga oshirilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha 1-2 kun ichida qaror qabul qilishini ma’lum qildi.

Avvalroq G‘arb davlatlari Damashqni Suriyaning Duma shahrida go‘yoki kimyoviy hujum sodir etganlikda ayblagandi. Moskva suriyalik harbiylar tomonidan tashlangan xlorli bomba haqidagi ma’lumotni rad etgan. Rossiya tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, bunday xabarlar tarqatishdan maqsad terrorchilarni himoya qilish va tashqaridan berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar uchun o‘zini oqlashdan iborat.

Tramp o‘z ma’muriyati a’zolari bilan uchrashuvda kimyoviy hujumni qoralab, bu “mudxish hodisa” bo‘lganini aytgan.

“Biz 24-48 soat ichida qaror qabul qilamiz”, deb aytgan Tramp va bunday qaror kun oxirigacha qabul qilinishi mumkinligi qo‘shimcha qilgan. Tramp harbiy harakatlarni istisno qilishi borasida berilgan savolga “Hech narsa istisno qilinmaydi”, deb javob qilgan.

“Agar buni ruslar, Suriya yoki Eron, yoki ularning barchasi birga qilgan bo‘lsa, biz buni aniqlaymiz”, deb aytgan Tramp. Uning aytishicha, “unda kimyoviy hujum uchun kim javobgarligi borasida shubhalar kam”, biroq buni generallar aniqlashi kerak.

Jurnalistlar Trampdan “Ushbu hodisa uchun Vladimir Putinni javobgar deb hisoblaysizmi?” degan savolga “Ha, bo‘lishi mumkin. Agar u bo‘lsa, bu juda, juda ayanchli bo‘ladi”, deb javob qilgan. “Ular bunga javob beradilar, u (Putin), hammasi javob beradi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Suriya tashqi ishlar vazirligida Suriyaga ushbu hodisa yuzasidan qo‘yilayotgan ayblovlar ishonarsizligi aytilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Putin ham, boshqasi ham javob beradi” – Tramp Suriya bo‘yicha 48 soat ichida qaror qabul qilmoqchi