
Buyuk Britaniyada safari vaqtida jirafa ovqat ilinjida mashina oynasini sindirdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Voqea Uest-Midlends grafligida joylashgan safari parkida yuz berdi. Jirafa ovqat izlab mashina oynasidan ichkariga mo‘raladi. Qo‘rqib ketgan haydovchi ayol oynani yopishga harakat qildi, biroq jirafa oynani sindirdi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Ayol bu haqda zudlik bilan safari parki rahbariyatiga xabar berdi. Jirafani ko‘rikdan o‘tkazgan xodimlar uning tanasida kesilgan jarohatlar yo‘qligini aniqlashdi.
Ma’lum bo‘lishicha, safari parkning ayrim hududlarida tashrif buyuruvchilarga hayvonlarga yemish berishga ruxsat beriladi. Biroq bunda mashina oynasi yarim ochiq holda bo‘lishi, yemish tashqariga uzatilishi talab etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar