date
views 5 506

Rossiya: Agar AQSh Suriyaga navbatdagi hujumlarni amalga oshirsa, oqibati yomon bo‘ladi…

Rossiya: Agar AQSh Suriyaga navbatdagi hujumlarni amalga oshirsa, oqibati yomon bo‘ladi…
Shu haqda Rossiyaning Yevropa kengashidagi vakili Vladimir Chijov rasman ma’lum qildi. Uning aytishicha, rasmiy Moskva basharti Amerika tarafidan Suriyaga navbatdagi hujumlar amalga oshirilsa, yana bu hujum tufayli Rossiya fuqarolari jabr ko‘rsa, oqibati juda yomon bo‘ladi. Rossiya hujumlarga qarshi javob yo‘llashga majbur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 10 aprel kuni Amerika prezidenti Donald Tramp Suriya harbiylarini Sharqiy Gutadagi Duma shahri aholisi ustiga kimyoviy moddalarga asoslangan bombalar yog‘dirganlikda ayblab, o‘nlab fuqarolar halok bo‘lganini bayon qilgan va bir kecha-kunduz davomida Suriyaga raketa hujumlari tashkil etilishini aytgandi.

Manba: Hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya: Agar AQSh Suriyaga navbatdagi hujumlarni amalga oshirsa, oqibati yomon bo‘ladi…