AQSh Suriyadagi 8 ta ob’yektga zarba berishi mumkin

AQSh Suriyada sakkizta ob’yektni zarbalar uchun ehtimoliy nishon sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNBC telekanali manbaga asosan xabar berdi, deb yozadi Kun nashri.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ikkita harbiy aerodrom, tadqiqot markazi va kimyoviy qurol ishlab chiqarilayotgan korxona ehtimoliy nishonlarga aylanishi mumkin.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Suriya qo‘mondonligi mamlakat harbiy-havo kuchlari samolyotlarini Rossiya harbiy-kosmik kuchlari joylashgan aerodromlarga o‘tkazmoqda. Suriya hukumatining umid bildirishicha, AQSh Rossiya ob’yektlariga zarba berishdan tiyiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyaga berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar muddati haqida gapirgandi.

Izohlar 0
…