11:57 / 14.04.2018
5 866

Poroshenko Putinga sensirab murojaat qildi

Poroshenko Putinga sensirab murojaat qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko jurnalistlar bilan suhbatda Donbassga BMT bayrog‘i ostida tinchlikparvar kuchlarning yuborilishi o‘ta muhimligini aytib o‘tdi. U, shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni bu jarayonga to‘sqinlik qilishda ayblagan.

Poroshenko Putinning bu masaladagi roli haqida gapira turib, Putinga sensirab murojaat qilgan: “Bugungi kunda tinchlikparvar kuchlarga zarurat yuzaga keldi, ularsiz iloji yo‘q. Va sen, hurmatli janob Putin, yoki hurmatsiz, dunyoga nima uchun bunga qarshi ekanligingni tushuntirib bera olmayapsan. Demak, har kuni ukrainalik harbiylar va fuqarolar o‘layotgani uchun javobgarlik sening zimmangdadir, sening zimmangda davlatimizga qarshi urush va tajovuz qilish uchun javobgarlik yotadi”.

Poroshenkoning fikricha, Putin Donbassdagi ixtilofni va odamlar halok bo‘lishini osonlik bilan to‘xtatishi mumkin. Buning uchun Rossiya Ukraina inqirozini hal qilish bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashiga olib chiqiladigan taklifga taqiqlov qo‘yishni bas qilishi yetarli bo‘ladi. “Sen buni osonlikcha qila olasan – bu shunchaki taqiqlov qo‘yishni qo‘llamaslikdan iborat. Sendan boshqa hech narsa talab qilinmaydi”, deb so‘zlarini davom ettirgan Ukraina yetakchisi.

Poroshenko Donbassda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilariga hamrohlik qilish uchun tinchlikparvar kuchlarni qo‘llash imkoniyatiga izoh berish vaqtida Rossiyaning barcha fuqarolariga ham “hurmatli va hurmatsiz rossiyaliklar” deb murojaat qilgan. “Eskort – bu boshqa narsa, hurmatli yoki hurmatsiz rossiyaliklar. Bizga Rossiya yoki rossiyaliklar nazoratidagi mahalliy noqonuniy qurolli tuzilmalarni qurolsizlantirishga mandat, vakolat va imkoniyatga ega to‘laqonli tinchlikparvar missiya zarur”, deb aytgan Poroshenko.

Putin 2017 yilda Donbassga BMTning tinchlikparvar kuchlarini yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagandi. Moskva BMT Xavfsizlik kengashiga tegishli rezolyutsiyani yo‘llashga va’da bergan. Rossiya pozitsiyasiga ko‘ra, tinchlikparvar kuchlar ajralish chizig‘ida joylashtirilish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Putinga sensirab murojaat qildi