18:21 / 14.04.2018
5 682

Putin Suriyaga berilgan aviazarba yuzasidan bayonot berdi

Putin Suriyaga berilgan aviazarba yuzasidan bayonot berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, AQSh o‘z ittifoqchilari bilan Suriyadagi harbiy va fuqarolik ob’ektlariga BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyasisiz aviazarbalar berib, BMT nizomi va xalqaro huquq normalarini buzdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabariga tayanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

«O‘n to‘rtinchi aprel kuni AQSh o‘z ittifoqchilari ko‘magida Suriya Arab Respublikasining qurolli kuchlari va fuqarolik infratuzilmasi ob’ektlariga raketa zarbalarini berdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining sanksiyasisiz, BMT Nizomini buzgan holda, xalqaro huquq normalari va prinsiplariga zid ravishda suveren davlatga qarshi tajovkuzkorlik akti yuz berdi, Suriya esa terrorizm bilan kurashda eng oldingi o‘rinlarda turibdi», - deya ma’lum qilgan Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriya hududiga qarata 100dan ortiq qanotli raketa va «havo-yer» sinfidagi raketalarni uchirgani haqida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Suriyaga berilgan aviazarba yuzasidan bayonot berdi