Buyuk Britaniyaning Droyslend shahrida esgan kuchli shamol o‘g‘rilarni o‘ljasidan ayirdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.
Mazkur voqea aks etgan videoni Katta Manchester grafligi politsiyasi oshkor etdi. O‘g‘rilik 17 martda bo‘lib o‘tgan. Jinoyatchi sherigi bilan birga turistik agentligi xodimini qo‘rqitib, naqd pullarni tortib olgan.
Jinoyatchilardan biri shoshilgancha, pulni cho‘ntagiga yashirishga harakat qilgan. Biroq kuchli shamol esishi oqibatida yerga sochilgan pullar har tomonga uchib ketgan. O‘g‘ri esa pulni terib olmay, voqea joyidan qochib ketgan.
Politsiya mazkur videoda aks etgan jinoyatchilarni taniydigan, voqeaga guvoh bo‘lgan odam bo‘lsa, bu haqda huquq-tartibot idorasiga xabar berishni iltimos qilgan. Ushbu videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi