Kanadalik 17 yoshli muslima Sundus Lamrxari Monreal kollejining Politsiya texnologiyalari fakulteti talabasi. Ro‘moldagi muslima huquqni muhofaza qiluvchi organlarda faoliyat yuritish niyatida. U Kanada hukumati davlat xizmatchilariga ro‘mol o‘rashni taqiqlovchi me’yor kiritmasligiga umid qilmoqda.
Hozirgi kunda Monreal politsiyasida ofitserlarga hijobni taqiqlovchi hech qanday norma yo‘q. Bunday masala shu kunga qadar bo‘lmagan, chunki hech bir muslima mahalliy huquq-tartibot organlarida xizmat qilish istagini bildirmagan - deya xabar tarqatdi fitrat.uz IslamNewsga tayanib.
Sundus Politsiya fakultetining hijobdagi birinchi talabasi bo‘ldi va kelajakda ro‘mol o‘rovchi birinchi xizmatdagi ofitser bo‘lishi mumkin. Muslima talabaning so‘zlariga ko‘ra, u 14 yoshidan beri ro‘molda va bosh kiyimi uning o‘qishi va sport mashg‘ulotlariga hech qachon xalaqit bermagan. “Men o‘qishga formamda metroda qatnayman. Har qanday haqorat mening ishtiyoqimni yanada orttiradi”, – deydi muslima.
Ta’kidlash joizki, hijobdagi politsiyachilar oxirgi paytlarda AQSh va Buyuk Britaniyada ham paydo bo‘ldi. Ular uchun hattoki maxsus bosh kiyimi ham ishlab chiqildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?