18:57 / 19.04.2018
8 402

Gitler “qochgan” suvosti kemasi topildi

Gitler “qochgan” suvosti kemasi topildi
Yutlandiyaning Dengiz harbiy muzeyi xizmatchilari tomonidan Skagerrak bo‘g‘ozida yaqinida, 123 metr chuqurlikda nemis suvosti kemasi “U-3523” topildi.

Tarixchilarning ba’zi taxminlariga ko‘ra ushbu suvosti kemasida Uchinchi reyx qo‘mondonligi qochib ketmoqchi bo‘lgan.

1645 yilning 6 mayida Britaniya havo kuchlari tomonidan cho‘ktirilgan deb hisoblangan U-3523ning qoldiqlari shu vaqtgacha topilmagan edi. Shu sabab “Germaniya natsistlar boshqaruvi mamlakatdan qochib ketish maqsadida mazkur suvosti kemasidan foydalangan” degan faraz ham bo‘lgan.

Muzey direktori Gerta Normann Andersenning so‘zlariga ko‘ra “U-3523” Ikkinchi jahon urushi vaqtida nemislar qurgan eng zamonaviy suvosti kema hisoblangan.

“Gitler qochgan” deb ehtimol qilingan nemis suvosti kemasini muzey xizmatchilari sathga olib chiqishni rejalashtirmayotgan ekan. Shuning uchun ham “U-3523”da yana qanday topilmalar borligini bilishning yaqin orada iloji yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gitler “qochgan” suvosti kemasi topildi