08:33 / 21.04.2018
4 317

Time reytingi: "Yilning eng nufuzli kishilari" (foto)

Time рейтинги: "Йилнинг энг нуфузли кишилари" (фото)
Amerikaning Time jurnali yilning eng nufuzli kishilari reytingini taqdim etdi. Jurnal 100 nafar nufuzli kishini toifalar bo‘yicha taqsimladi — "Novatorlar", "San’at arboblari", "Yetakchilar", "Kumirlar" va "Titanlar".

"Yetakchilar" orasida AQSh prezidenti Donald Tramp, Britaniya shahzodasi Harri va uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i amerikalik aktrisa Megan Markl, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, XXR raisi Si Szinpin, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Yaponiya bosh vaziri Sidzo Abe, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon, Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo, Argentna prezidenti Maurisio Makri, Iroq bosh vaziri Haydar Al-Abadiy, Zimbabve prezidenti Emmerson Mnangagva, maxsus prokuror Robert Myuller, Microsoft bosh direktori Satya Nadella, London meri Sodiq Xon va boshqalar nomlari keltirilgan.

Foto: Time.com

"Titanlar" ro‘yxatida dunyoning birinchi raketkasi shveysariyalik Rojer Federer, amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri, Amazon onlayn-reteyleri asoschisi va rahbari milliarder Jeff Bezos, SpaceX egasi ishbilarmon Ilon Mask va boshqalar qayd etilgan.

Foto: Time.com

"Novatorlar" toifasida amerikalik komik aktrisa Tiffani Xadish, NASAning ayol-astronavti Peggi Uitson, janubiy afrikalik komik Trevor Noy va boshqalar nomi keltirilgan.

Foto: Time.com

"San’at arboblari" orasida jurnal aktrisa Nikol Kidman, aktyor Xyu Jekman, amerikalik kinorejissyor va ssenariynavis Rayan Kugler, kanadalik qo‘shiqchi Shon Mendes va boshqa san’at arboblari nomlari qayd etilgan.

Foto: Time.com

"Kumirlar" — qo‘shiqchilar Jennifer Lopez, Rianna, Kesha, sobiq Cambridge Analytica xodimi Kristofer Uayli, singapurlik yozuvchi Kevin Kvan, amerikalik figurali uchish ustasi Adam Rippon va boshqalar.

Foto: Time.com

Bundan avvalgi reytinglarda Time Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham muntazam ravishda reytinglarga qo‘shib kelgan, biroq bu yil jurnal uni ro‘yxatga qo‘shmadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Time reytingi: "Yilning eng nufuzli kishilari" (foto)