Aniqlanishicha, nafaqat odamlar, balki o‘rdaklar orasida ham yo‘llarda tezlikni oshirishni xush ko‘ruvchilar bor ekan. Shunday qoidabuzar o‘rdaklar Bern shahridagi yo‘l kamerasi tomonidan qayd qilingan.
Shveysariya politsiyasining ma’lum qilishicha, yo‘ldagi kamera uch kun ichida ikki marta yo‘lning bir qismida tezlik oshirilganini qayd qilgan. Aniqlanishicha, qoidani o‘rdaklar buzgan. Qush belgilangan 30 km/soat o‘rniga kamera ostidan 52 km/soat tezlik bilan uchib o‘tgan, ya’ni belgilangan me’yordan 22 km/soat tezroq harakatlangan.
3 kundan keyin o‘sha kamera yana bir tezlik oshirilishi qoidabuzarligini qayd qilgan. Qoidabuzar yana o‘rdak bo‘lib chiqqan.
Politsiya jinoyat bir o‘rdak tomondan sodir etilgani, yoki “qoidabuzarlar” boshqa-boshqa o‘rdaklar bo‘lganini aniqlay olmayotganini aytgan.
O‘rdakning (yoki o‘rdaklarning) omadi kelgan ekan, ular jarima to‘lamaydilar. Agar uning o‘rnida haydovchi bo‘lganda mo‘maygina jarima to‘lashiga to‘g‘ri kelardi va bir oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi