Foto:“Reuters”
Bugun, 27 aprel kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Pxanmunjondagi chegara punktida Koreya sammitini boshladilar. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Muzokaralar davomida ikki koreys davlati yetakchilari aloqalarni yaxshilash, tinchlik va birlashish istiqbollarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Kim Chen In va Mun Chje In demarkatsiya liniyasida uchrashdilar. Ular bir-birlari bilan juda do‘stona muloqot qilganlar. Shundan so‘ng Kim Chen In ikki Koreyani bo‘lib turuvchi chiziqdan o‘tib, Janubiy Koreya tuprog‘iga qadam qo‘ygan ilk Shimoliy Koreya yetakchisiga aylandi.
Uchrashuvlar avvalida Kim Chen In muzokaralarning ijobiy yakunidan umid qilgan. O‘z navbatida Mun Chje In KXDR rahbarining demarkatsiya chizig‘idan kesib o‘tishini tinchlik ramzi deya baholagan.
Avvalroq Shimoliy Koreya yadro sinovlarini to‘xtatgani haqida e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi