Amerikalik numizmat millionlab dollarlar turuvchi noyob tanga egasiga aylandi. Gap 1854 yilda San-Fransiskoda 300 donadan kamroq miqdorda zarb qilingan 5 dollarlik tanga haqida ketmoqda. Bugungi kungacha bu tangalardan faqatgina 3 dona qolgan deb hisoblanib kelingan.
Tangalardan biri Vashingtondagi Smitson institutida, yana bittasi xususiy kolleksiyada saqlanadi. Uchinchisi esa AQSHdagi eng boy oilalardan biri bo‘lgan Dyuponlar oilasidan 1967 yilda o‘g‘irlab ketilgan va hanuzgacha topilmagan.
Tanganing egasi dastlab uni qalbaki deb hisoblagan. Biroq numizmatikaga oid noyob tangalar haqiqiyligini tekshiruvchi Numismatic Guaranty Corporation kompaniyasi mutaxassislari tanganing haqiqiyligini tasdiqlashgan.
Bundan tashqari, ular topilgan tanga Dyuponlardan o‘g‘irlangani emasligini suratlarga ko‘ra isbotlay olishgan. Ma’lum qilinishicha, topilgan tanganing qiymati millionlab dollarlar turadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"