22:30 / 29.04.2018
5 310

Oq uy maysazoridan Makron va Tramp o‘tqazgan zarang daraxti yo‘qolib qoldi (foto, video)

Oq uy maysazoridan Makron va Tramp o‘tqazgan zarang daraxti yo‘qolib qoldi (foto, video)
AQSh va Fransiya prezidentlari Donald Tramp va Emmanuel Makron tomonidan Oq uy maysazorida o‘tqazilgan zarang daraxti yo‘qolib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun nashri xabar berdi.

Suratda zarang ko‘chati o‘tqazilgan joyda sariq o‘tdan bo‘lak boshqa narsa yo‘qligini ko‘rish mumkin. Oq uyda bu holatga hozircha izoh berilmagan.

Makron rafiqasi Brijit bilan AQSh va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlarning 250 yilligi munosabati bilan Vashingtonga tashrif buyurishganda sovg‘a sifatida 1918 yilda Birinchi jahon urushida amerikalik harbiylar ishtirokida ilk yirik jang o‘tgan Bello o‘rmonidagi zarang ko‘chatini olib kelishgan.

Ular Tramp va uning rafiqasi bilan ko‘chatni Oq uy bog‘ida o‘tqazishgan edi.

“100 yil avval amerikalik askarlar Fransiyada, Belloda mustaqilligimizni himoya qilish uchun jang qilishgan. Oq uyning naqd yuragidagi bu zarang bizni birlashtiruvchi aloqani eslatib turadi”, deb yozgandi Makron tvitterda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy maysazoridan Makron va Tramp o‘tqazgan zarang daraxti yo‘qolib qoldi (foto, video)