Foto: NASA
28 yil ilgari «Voyajer-1» kosmik zondi Quyosh tizimining chegaralariga yaqinlashayotganda sayyoramizni suratga olgan. Surat National Geographic tomonidan taqdim qilingan.
Suratda Yer 0,12 piksel hajmga ega mitti yorug‘ nuqtaga o‘xshab qolgan.
«Voyajer-1» 1977 yili uchirilgan. Uning vazifasi Yupiter va Saturn sayyoralarining tarkibi, og‘irligi va atmosferasining zichligi haqida ma’lumot yig‘ishdan iborat bo‘lgan. Maqsadga erishilganidan so‘ng Jet Propulsion Laboratory (NASA bo‘linmasi) zondni Quyosh tizimining eng olis chegaralariga yuborgan. 1990 yilning 15 fevralida 6 milliard kilometr uzoqlikda bo‘lgan «Voyajer» Yerni suratga olgan.
Surat Pale Blue Dot (och havorang nuqta) deb nomlandi. Yerni suratga olish g‘oyasini astrofizik Karl Sagan taklif qilgan
Shu kuni zond Quyosh tizimining boshqa sayyoralari – Yupiter, Venera, Saturn, Uran va Neptun sayyoralarini ham suratga olgan. Jamlanma «Oilaviy surat» nomini olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?