Eron parlamentining bir necha deputatlari AQSh prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e’lon qilgandan keyingi kun – 9 mayda parlamentda AQSh bayrog‘ini yoqib yuborishdi. Ushbu holat videosi YouTube’da joylashtirildi, deb xabar qiladi Kun nashri.
Deputatlardan biri minbarga ko‘tarilib, prezidiumga qog‘ozga bosib chiqarilgan AQSh bayrog‘ini ko‘rsatib, uni yoqishga tushgan. Shunda deputatning hamkasblari uning yoniga kelib, yordam bera boshlashgan. Ular, shuningdek, yana bitta hujjatni yoqib yuborishgan. OAVning ma’lum qilishicha, bu qog‘oz yadroviy kelishuv haqidagi shartnomaning nusxasi bo‘lgan.
Aksiya davomida deputatlar musht ko‘rsatgancha, AQShga qarshi shiorlarni hayqirib aytishgan. Qolgan deputatlar ham minbar tomon intilib, hamkasblarini qo‘llab-quvvatlashgan. So‘ngra yonayotgan qog‘ozlar oyoq ostiga tashlanib, toptab tashlangan.
8 mayda Tramp AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini e’lon qildi. U Tehronni kelishuv shartlariga zid ravishda uranni boyitishda va taqiqlangan qurol yaratishda ayblagan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi