
Kadr: «Youtube»
Suriyada joylashgan Eron harbiylari 10 may, payshanbaga o‘tar kechasi Isroilning G‘olan tepaliklariga 20 ta raketa zarbasini yo‘lladi. Bu haqda «Xabar.uz» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, bir nechta ballistik raketa parvozi muvaffaqiyatsiz chiqqan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar aniqlanmoqda.
Bundan tashqari, Isroil armiyasi mudofaa vaziri matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, Isroil hukumati ushbu voqeani «Eronning hujumi» sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, «Al Mayadeen» telekanalining xabariga ko‘ra, Suriyaning Xan-Arnaba tumanidagi Suriya qo‘shinlari ham aviazarbaga uchragan. «Isroil harbiy havo kuchlari Suriyaning Xan-Arnaba tumanini bombardimon qildi», deyiladi xabarda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar