08:32 / 11.05.2018
4 970

Shahzoda Garri va uning rafiqasining mum shakllari Londondagi Tyusso xonim muzeyida paydo bo‘ldi

Shahzoda Garri va uning rafiqasining mum shakllari Londondagi Tyusso xonim muzeyida paydo bo‘ldi
Buyuk Britaniya shahzodasi Garri va uning turmush o‘rtog‘i amerikalik aktrisa Megan Marklning mumdan yasalgan shakllari Londondagi Tyusso xonim muzeyining eksponatlari qatorini to‘ldirdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Garri va Megan 2017 yil 27 noyabrda bo‘lib o‘tgan rasmiy unashtirish marosimidagi ko‘rinishda aks ettirilgan. Muzey tomonidan ma’lum qilinishicha, Garrining 2014 yilda uning 30 yoshiga bag‘ishlab yasalgan mum shaklini yangilashga to‘g‘ri kelgan.

Jamoatchilik vakillari kuyov va kelinning mum shakllarini 18 may kuni kechqurun ko‘rishi mumkin bo‘ladi. Muzey juftlikning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tadigan 19 may kuni tashrif buyuruvchilarni Garri va Meganning nomidan bepul kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahzoda Garri va uning rafiqasining mum shakllari Londondagi Tyusso xonim muzeyida paydo bo‘ldi