
Rodeo chempioni Giliard Antonio Braziliyada o‘tkazilgan rodeo arenasida fojiaviy ravishda vafot etdi, deya xabar bermoqda Darakchi nashri.
Braziliyada eng zo‘r chavandozlardan biri hisoblangan kovboyning qo‘li bir tonnali buqaning abzali orasida qolib ketib, Antonio buqaning belidan yiqiladi. Keyin g‘azabga to‘lgan buqa uning ko‘ksiga orqa tuyoqlari bilan bir necha bor zarba beradi.
Oqibatda Antonioning ko‘krak qafasi, yuragi va o‘pkasi jarohatlanib, vafot etdi.
Chavandozning rafiqasi va kichkina qizalog‘i bo‘zlab qolaverdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar