18:05 / 17.05.2018
4 248

Yevropa kengashi rahbari: «Trampdek do‘st bor ekan, dushmanga hojat yo‘q»

Yevropa kengashi rahbari: «Trampdek do‘st bor ekan, dushmanga hojat yo‘q»
Foto:«Politicio.eu»
Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘tkazilgan Yevropa ittifoqi rahbarlari sammiti oldidan: «Trampdek do‘st bor ekan, dushmanga hojat yo‘q», – dedi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Eron yadroviy bitimidan bosh tortgan va Tehron bilan iqtisodiy hamkorlik qilayotgan davlatlarga sanksiya qo‘llanadi deya tahdid qilayotgan Trampga: «Unga rahmat aytishimiz kerak. U tufayli ayrim xomxayollardan voch kechdik. Yordam kerak bo‘lganida, o‘zimizning qo‘limiz borligiga shukur qilamiz», – dedi.

Eron bilan yadroviy bitim imzolagan Yevropa davlatlari orasida Angliya, Fransiya va Germaniya ham bor. Donald Tuskning aytishicha, bu davlatlar AQShning qarori qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bitimdan voz kechmasligini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropa kengashi rahbari: «Trampdek do‘st bor ekan, dushmanga hojat yo‘q»