19:30 / 17.05.2018
26 763

Turkiyada shok: «Ichkarida” seriali bosh qahramoni Sarp qamaldi! (foto, video)

Turkiyada shok: «Ichkarida” seriali bosh qahramoni Sarp qamaldi! (foto, video)
Nafaqat Turkiyada, balki “Ichkarida” serialidagi Sarp obrazi orqali o‘zbek kinomuxlislarining ham sevimlisiga aylangan mashhur aktyor Chag‘atoy Ulusoy hibsga olindi.



Ýstanbul Emniyet Müdürlüðü Narkotik Suçlarla Mücadele Þube Müdürlüðü, sabaha karþý uyuþturucu operasyonu düzenledi.
Birçok ünlü isim gözaltýna alýndý. Oyuncu Çaðatay Ulusoy, da gözaltýna alýnanlar arasýndaydý. 25 Ocak 2013 / Mühenna Kahveci

Esingizda bo‘lsa, 2013 yilda Turkiya politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan operatsiyada bir qancha turk san’ati yulduzlari ham “Giyohvand moddalar oldi-sotdisi” aybi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan, bir muddat hibsda bo‘lib, so‘ng ulardan bir qanchasi ozodlikka chiqarilgandi.

Mashhurlar ichida “Turkiya go‘zali-2011” tanlovida ikkinchi o‘rinni olgan, “Sevgi iztirobi” hamda “Muhtasham yuz yil” seriallari orqali tanilgan aktrisa Gizem Karaja, o‘zbek kinomuxlislariga “Osiyo” serialidagi obrazi bilan yodda qolgan Jemal Xunal,

“Muhtasham yuz yil” va “Ko‘sem sulton” seriallarida rol ijro etgan Ergun Tash, “Ichkarida” seriali qahramoni Chig‘atoy Ulusoy (Sarp obrazi), xonanda Jenk Eren, Aysha Selin va yana bir qancha mashhurlar bo‘lgan.

Sud mahkamasi Chag‘atoy Ulusoy va Gizem Karajalarga “Giyohvand modda savdosi” bilan shug‘ullangani uchun 4 yilu 2 oyga, xonanda Jenk Eren 6 yilu 3 oyga hibs jazosiga hukm qilindi. Bundan tashqari, DJ Nuri Ko‘shem, Aysha Selin, Yusuf Akgun, Jemal Xunal, Ergun Tashlar ham jinoyatlariga yarasha jazo olishadi.

Hukm o‘qib bo‘linganlar ichida faqat Jenk Erenning ozodlikdan mahrum etish muddati 5 yildan ziyod bo‘lganligi uchun appelyatsiya berish huquqi bor.

Shuningdek, Chag‘atoy Ulusoyning advokati va bir qancha huquqshunoslarning gapiga qaraganda, Chag‘atoy Ulusoyning hukm muddati 1 yilu 9 oyga qisqartirilishi mumkin.

Turkiya matbuotining xabar berishicha, Ulusoyning hibs jazosi ayni damda u suratga tushayotgan serialga katta zarar keltirdi. Chag‘atoy Ulusoy “Netfliks” serialida tansoqchi rolini ijro etayotgandi. Ammo serial mutasaddilari tavakkal qilmoqchi emaslar. Aktyorga qo‘lidan kelgancha yordam berib, uning jazosini 1 yilu 9 oyga qisqartirishga urinishyapti. Mabodo appelyatsiya ish bergan taqdirda ham serialning suratga olish ishlari uch oy kam ikki yilga to‘xtab turadi. Qolaversa, prodyusserlarga rejissiyor boshqa bir mashhur aktyor rolni davom ettirsin, degan taklif bildirmoqda. Ammo na seraial mutasaddilari va na ishtirokchilar bu haqida hech qanday bayonot berishmayapti.
Humoyun tayyorladi

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada shok: «Ichkarida” seriali bosh qahramoni Sarp qamaldi! (foto, video)