Rostov osmonida o‘zga sayyoraliklar kemasi paydo bo‘ldi. Aytishlaricha, bu kemadagilar yaqinda boshlanadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati bilan qiziqib qolishgan. Chempionat bahslaridan bir nechtasi Rostovda o‘tishini oldindan aniqlab kuzatuv ishlarini olib borishmoqda.
O‘zga sayyoraliklar kemasini suratga olgan muallif bu manzara noodatiy ekaniga shubhasi yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ayrimlar esa tungi osmonda muallaq turib qolgan o‘sha narsa reaktiv samolyot bo‘lishi mumkinligini ham taxmin qilishdi. Ammo buning uchun ularda umuman dalil yo‘q. Qolaversa, muallif reaktiv samolyot yoki yer yuziga tegishli boshqa uskuna bu qadar balandlikda ucha olmasligini ham aytib o‘tgan. Videolavhadan, fotosuratdan uning haqiqatan juda balandda ekani yaqqol ko‘rinib turibdi.
To‘g‘ri, hozircha bu oddiy odamlar orasidagi bahslar. Yaqin kunlarda o‘sha kema yoki reaktiv samolyot bilan ufologlar shug‘ullana boshlashadi. Shundagina haqiqat yuzaga chiqadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi