Nazarboyev qozog‘istonliklarni ishlashga chaqirdi (video)

1 daqiqa o'qish4.1K
Nazarboyev qozog‘istonliklarni ishlashga chaqirdi (video)
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev fuqarolarni ish bilan shug‘ullanishga va professional bo‘lishga chaqirdi, deya xabar beradi Kun.uz.

Bundan avval Qozog‘iston rahbari tadbirkorlik faoliyati masalalari bo‘yicha tuzatishlarni imzolagandi. Keyinchalik, prezident matbuot xizmati Nazarboyevning xalqqa videomurojaatini e’lon qildi.

"Bu hozir – biz “Beshta ijtimoiy tashabbus”ni qabul qilayotganimizda amalga oshgani yaxshi bo‘ldi. Hozirda kam ta’minlanganlar uchun ipoteka uy-joyi qurilishi boshlanmoqda, talabalar yotoqxonalari barpo etiladi, mikrokreditlarning oshishi ta’minlanadi. Bularning bari – biznes uchun juda katta imkoniyatlar, jumladan ob’yektlarni xususiylashtirish ham. Shuning uchun barcha qozog‘istonliklarni yana bir bor ishlashga chaqiraman. Ishlayotgan odam ipotekaga uy ham oladi, universitetlarda ham ta’lim oladi, o‘z oilasi, hayoti farovonligini ham oshiradi. Qozog‘iston sharoitida, ishlayotgan odam, yomon yashashi mumkin emas", - degan prezident.

"Gap ish berish haqida emas, gap kasb borasida boryapti. Barcha professionallarni, ishlashni biladiganlarni qidiradi. Biz ikki yildan beri barcha yoshlarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirayotganimizdan foydalanib qolish kerak. Ya’ni, bugun kasbi bo‘lgan, ishlashni biladigan odam kerak, shunchaki ishga joylashib olib, ishli bo‘ldim, deb hisoblaydiganlar emas", - deya qo‘shimcha qilib o‘tgan Nursulton Nazarboyev.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?