08:30 / 29.05.2018
4 742

Avstraliya fuqarosi nevarasini qutqarish uchun zaharli ilonga o‘zini chaqtirdi

Avstraliya fuqarosi nevarasini qutqarish uchun zaharli ilonga o‘zini chaqtirdi
Avstraliyalik erkak nevarasini qutqarish uchun dunyodagi eng zaharli ilonlardan biriga o‘zini chaqtirdi, deb yozadi Daily Mail ga tayanib Daryo.uz.

Kris Xarrison hovlida nevarasi bilan o‘tirganida, to‘rsimon jigarrang ilonni ko‘rib qoldi. Uning rafiqasi qizchani ko‘tarib olishga ulgurdi, erkak esa nevarasi va ilon o‘rtasida turib oldi. «Men nevaramdan kattaroqman va og‘riqni ko‘tara olaman, u esa — yo‘q», — deya aniqlik kiritdi erkak.

Ilon Xarrisonning oyog‘idan chaqib olgan, u o‘tkir og‘riqni his qilgan. Shundan so‘ng erkak uyiga kirib, tez yordamni kutgan.

Erkakning aytishicha, bir necha oy avval ham uni xuddi shu joyda boshqa bir ilon chaqib olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliya fuqarosi nevarasini qutqarish uchun zaharli ilonga o‘zini chaqtirdi