23:58 / 31.05.2018
4 096

Nyu-York meri musulmonlarga iftorlik qilib berdi

Nyu-York meri musulmonlarga iftorlik qilib berdi
Nyu-York shahri meri Bill de Blazio ishxonasida Amerikaning turli shaharlaridagi Islomiy tashkilotlar vakillariga iftorlik qilib berdi.

“Anado‘lu” muxbiri bergan ma’lumotga ko‘ra, iftor Nyu-York shahar merligi bog‘idagi ramazon uchun tayyorlangan chodirlarda qilindi.

Ayni manbaning so‘zlariga ko‘ra, iftorlikda qatnashgan musulmonlar avval shom namozini o‘qib olishgan va ortidan merlik taqdim qilgan iftorlik dasturxonidan tanovul qilishgan. Ushbu tadbirda merning o‘zi ham ishtirok etgan.

Iftor davomida Bill de Blazio so‘zlagan nutqida bu tadbir Nyu-York shahri uchun juda ahamiyatli ekanini aytgan.

Blazio AQSH prezidentining islomofobik siyosatina tanqid qildi. U AQSH musulmonlar quviladigan joy emasligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York meri musulmonlarga iftorlik qilib berdi