21:30 / 05.06.2018
3 067

«Turkiya uchun qilingan duolarni Alloh javobsiz qo‘ymaydi»

«Turkiya uchun qilingan duolarni Alloh javobsiz qo‘ymaydi»
Turk qizil yarimoy jamiyati Senegal poytaxti Dakar, eski poytaxti Sent Louis, Matam va Podor shaharlarida yashayotgan 7 ming oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi. Bu haqda TRT xabar tarqatdi.

Jahon oziq-ovqat tashkilotining 2017 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, ocharchilikda yashagan Matam shahridagi tadbirda shahar munitsipalitet rahbari Mamadu Diav bilan birga oqsoqollar ham ishtirok etdi.

Diav mazkur tadbirda Turk qizil yarimoy jamiyatiga minnatdorchilik bildirib, oxirgi yillarda Turkiyadan yetkazib berilgan yordam orqali ehtiyojmand oilalarning xursand bo‘lganligini qayd etdi.

Matarda ko‘plab yordamga muhtoj oilalarning borligiga e’tibor qaratgan Diav: «Dunyoning qaysi burchida kambag‘al bo‘lsa, Turklar ana shu yerga yordam qo‘lini uzatmoqda. Turkiya uchun qilingan duolarni Alloh javobsiz qo‘ymaydi» deya gapirdi.

Turk qizil yarimoy jamiyatining Senegaldagi guruh rahbari Suat Qilich esa bundan buyon ham Senegal xalqiga yordam yetkazib berish davom ettirilishini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Turkiya uchun qilingan duolarni Alloh javobsiz qo‘ymaydi»