08:30 / 22.06.2018
2 460

Deputat Google, Facebook, Instagram kabi IT-kompaniyalarga soliq joriy qilishni taklif qildi

Deputat Google, Facebook, Instagram kabi IT-kompaniyalarga soliq joriy qilishni taklif qildi
Qirg‘iziston parlamenti deputati Ruslan Kazakbayev Facebook, Google, Instagram kabi yirik IT-kompaniyalarga soliq joriy qilish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda u parlament majlisida bayonot berdi.

“2017 yilning 1 yanvaridan Rossiyada Googlega soliq joriy qilingan. Bu qonun elektron formada xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalariga qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashni ko‘zda tutadi. Hammamiz yaxshi bilamizki, ko‘plab firmalar o‘z tovar va xizmatlarini Facebook, Google, Twitter va Instagramda sotish uchun millionlab dollar sarflashadi. Masalan, har bir universitet har oyda internetdagi reklama uchun 500 dollar sarflaydi. Agar bitta universitet shuncha pul sarflar ekan, tijorat kompaniyalarning qancha sarflashini o‘zingiz hisoblab ko‘ravering”, - dedi Kazakbayev.

Ruslan Kazakbayevning ta’kidlashicha, kompaniyalar bank orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro firmalarga pul o‘tkazadi va shu sababli Qirg‘iziston Rossiya tajribasini qo‘llashi kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun kuchga kirganidan so‘ng o‘tgan uch oy mobaynida Rossiya byudjetiga 2 milliard rubl tushgan.

Ma’lumot uchun, Rossiyada internet orqali dasturiy ta’minot va boshqa kontentni sotadigan xorijiy kompaniyalar 18 foiz miqdorida QQS to‘laydi. Markaziy Osiyo mintaqasi respublikalari orasidan birinchi bo‘lib yirik internet-kompaniyalarini soliqqa tortish taklifi Tojikiston Aloqa xizmati rahbari Bek Zuhurov tomonidan ilgari surilgan edi. Ammo mamlakatda bu masala so‘zligicha qolib ketdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)