
Buyuk Britaniyaning Endsleigh sug‘urta kompaniyasi sayohat qilish uchun eng xavfli hisoblangan 10 ta mamlakat nomini e’lon qildi, deb yozmoqda Daryo.
Mutaxassislarning fikricha, sayohat qilish uchun eng xavfli mamlakat — Tailand. 2017 yili kompaniyaga kelib tushgan shikoyatlarning deyarli chorak qismi (23 foizi) aynan Tailand bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinni Chili va AQSh egallagan. Bu mamlakatlarning har biriga aloqador shikoyatlar umumiy arzlarning 15 foizini tashkil qilgan.
Shuningdek, Fransiya (7 foiz), Ispaniya (8 foiz) va Germaniya (8 foiz) ham ro‘yxatdan o‘rin olgan.
Fransiya va Ispaniyada sayyohlar asosan kissavurlik qurboni bo‘lganidan arz qilgan. Mutaxassislar bu mamlakatga yo‘l olgan sayyohlarga shaxsiy buyumlariga ehtiyot bo‘lishni tavsiya qiladi.
Shuningdek, turizm uchun eng xavfli mamlakatlar sirasiga Nepal (8 foiz), Peru (8 foiz), Bagama orollari (4 foiz) va Braziliya (4 foiz) ham kirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar