
Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders Virjiniyadagi restorandan «Tramp uchun ishlayapsan» deya quvildi. Bu haqda «Sabah»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Sanders o‘zining «Twitter»dagi shaxsiy sahifasida: «Kecha kechki payt Virjiniya shtatining Leksington shahridagi «Red Hen» restoraniga bordim. Restoran boshlig‘i menga «Tramp uchun ishlayapsan» deya ketishimni istadi. Bu xatti-harakati uning kimligini ko‘rsatdi. Lekin men barchaga yaxshi muomala qilaveraman», – deya yozgan.
Poytaxt Vashingtondan 3 soatlik masofada joylashgan restoran egasi jurnalistlarning mavzuga doir savollarini javobsiz qoldirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar