RF prezidenti Vladimir Putin IIV va Mehnat vazirligiga Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida farmoyish berdi. Tegishli farmoyish 26 iyun kuni Kreml saytida e’lon qilindi.
“Ichki ishlar vazirligi Mehnat va ijtimoiy muhofaza vazirligi bilan hamkorlikda Rossiyada ishlash va yashashni maqsad qilgan, rus tilini yaxshi egallagan xorijiy fuqoro va fuqoroligi bo‘lmagan shaxslarga vaqtincha yashash va yashash uchun beriladigan ruxsatnomalarni rasmiylashtirilishi soddalashtirilishi borasida zarur choralarni ko‘rsin”, — deyiladi hujjatda.
Farmoyish bajarilishining muddati 2018 yilning 31 avgustigacha deb belgilangan.
Bundan avval Rossiya IIV rahbarining o‘rinbosari Igor Zubov bayonot berib, o‘z idorasi Rossiya fuqoroligini berish jarayonlari soddalashtirilishi ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan edi. Mahalliy OAVning ta’kidlashicha, “bu choralar birinchi navbatda Ukraina hududlaridan kelgan qochqinlarga nisbatan joriy qilinadi”. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi