
Foto: «RIA Novosti»
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Xelsinki shahriga yetib keldi. Bu haqda «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Amerikaning birinchi raqamli samolyoti kecha mahalliy vaqt bilan soat 20:40 da Xelsinki aeroportiga qo‘ngan.
AQSh rahbari va rafiqasini Amerikaning Finlandiyadagi elchisi va uning turmush o‘rtog‘i, prezident devoni boshlig‘i, shuningdek, Finlandiya tashqi ishlar vazirligi protokol rahbari kutib olgan.
Qisqa salomlashuvdan so‘ng AQSh yetakchisi rafiqasi bilan mehmonxonaga kelgan.
Tramp tunni «Vierastalo» hukumat qarorgohidagi «Hilton Helsinki Kalastajatorppa» mehmonxonasida o‘tkazdi. Tramp yashayotgan mehmonxona qattiq qo‘riqlanyapti. Ikkita vertolyot mehmonxonani doimiy kuzatib turibdi.
Ikkala davlat rahbarlarining uchrashuvi, press-konferensiyani qo‘shib hisoblaganda, 3 soatcha davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar