17:27 / 21.07.2018
7 755

OAV AQSh va Rossiyaning yadro qurollarini taqqosladi

OAV AQSh va Rossiyaning yadro qurollarini taqqosladi
MRB va AQSh maxsus amaliyot kuchlari sobiq xodimlarining xulosasiga ko‘ra, Rossiya yadro quroli Qo‘shma Shtatlarnikidan bir necha barobar kuchliroq. Ularning xulosasi SofRep portalida e’lon qilingan.

Mudofaa mahkamalari sobiq xodimlari turli yadro bombalari, jumladan, AQSh Yaponiyaga Ikkinchi jahon urushi vaqtida tashlagan «Kichkintoy» va «Semiz» quvvatini taqqoslashdi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiyaga tashlangan bombalar 15 va 21 kilotonna quvvatga ega bo‘lgan. Amerikaning «Traydent» jangovar kallagi bu ko‘rsatkich bo‘yicha ulardan to‘rt barobarga qudratliroqdir (100 kilotonn). Shu bilan birga, KXDRning eng vayronakor bombasi 250 kilotonna quvvatga ega, Amerikaning «Minitmen» jangovar kallagi quvvati esa, 475 kilotonnaga baholanadi.

Portal mualliflarining ta’kidlashicha, Rossiyaning eng yangi yadro quroli boshqa davlatlarning shunday qurolidan ancha ustun. Misol uchul, «Sarmat» quvvati 50 ming kilotonnaga teng, «Status-6» suvosti kemasidagi torpedoning quvvati esa yuz ming kilotonnaga baholangan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkichlar Rossiya quroli vayrona keltirish jihatidan Amerika qurolidan bir necha barobarga kuchliroq ekanini bildiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » OAV AQSh va Rossiyaning yadro qurollarini taqqosladi