18:27 / 27.07.2018
5 528

Maradona 28 yoshli qizga uylanmoqda (foto)

Maradona 28 yoshli qizga uylanmoqda (foto)
«Dinamo» Brest klubi boshqaruvi raisi, argentinalik taniqli futbolchi Diyego Maradona uylanmoqda.

U 28 yoshli sevgilisining qo‘lini so‘radi va rozilik oldi.

Xabarga ko‘ra, 28 yoshli Rosio Olivaning Buenos-Ayresdagi tug‘ilgan kun marosimida 57 yoshli argentinalik unga taklif bildirdi va qiz bunga rozi bo‘ldi. Bu 45 nafar mehmonning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ldi.

Rosio avval professional futbolchi bo‘lgan.

2014 yilda ham Maradona bu qizga turmush qurish taklifini bildirgan, ammo shundan so‘ng orada janjal chiqib, juftlik munosbatlarni to‘xtatgan edi. Maradona Rosioni zargarlik buyumlarini o‘g‘irlashda ayblagan, qiz esa futbol afsonasi uni urganini aytgan edi.

Manba: stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maradona 28 yoshli qizga uylanmoqda (foto)