
AQSh prezidenti Donald Tramp migrantlarning farzandlari chegarada oilasidan ajratib qo‘yilishini izohlar ekan, Amerikaning bu sohadagi qonunlarini «dunyoda eng ahmoqona» deb atadi. Bu haqda u o‘zinining tvitterida yozdi.
«Iltimos, tushuning, odamlar chegaralarimizni noqonuniy kesib o‘tar ekan, ularning farzandlari bor-yo‘qligidan qat’i nazar buning oqibatlari bor», — deb ta’kidladi Tramp.
U shuningdek, ayrim kishilar bolalardan yomon maqsadlarda foydalanishlari mumkinligini bildirdi.
«Kongress migratsiya to‘g‘risidagi dunyodagi eng ahmoqona va yomon qonunni tuzatish uchun chora ko‘rishi shart!» — deb qo‘shib qo‘ydi AQSh prezidenti.
Avvalroq ispan tilida so‘zlashuvchi kongressmenlar AQSh migratsiya siyosatini irqchilik bilan tenglashtirishgani xabar qilingandi.
Manba: Kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar