Erdo‘g‘an turk matbuotini jahondagi eng erkin matbuot deb atadi

Erdo‘g‘an turk matbuotini jahondagi eng erkin matbuot deb atadi
Erdo‘g‘an turk matbuotini jahondagi eng erkin matbuot deb atadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk matbuotini jahondagi eng erkin matbuot deb hisoblaydi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

“Jahonning hech bir erida matbuot Turkiyadagichalik erkin emas. Men buni juda katta ishonch bilan aytyapman”, – dedi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turk jurnalistlar “hatto demokratik mamlakatlar”da ham ma’qullanmaydigan ko‘plab harakatlarni amalga oshira olishadi.

Erdo‘g‘an mamlakatdagi jurnalistlarni ta’qib qilayotgani haqidagi ayblovlarni rad etib chiqdi. Shunga qaramay, 2012 va 2013 yillar yakuniga ko‘ra, Turkiya qamoqda o‘tirgan jurnalistlar soni bo‘yicha jahonda etakchi bo‘lgan.

Manba: Kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar