Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan maʼlumotga asosan, 2018 yilning 6 sentyabr kuni soat 20:30da Lipesk oblasti Dubrovskiy tumani Bogorodsk aholi punktida “Toyota RAV 4” rusumli yengil avtomobil “VAZ 2106” rusumli yengil avtomobil bilan toʻqnashgan.
Oʻzbekiston FVV xabariga koʻra, yoʻl-transport hodisasi natijasida voqea joyida Oʻzbekistonning 5 nafar fuqarosi vafot etgan, 1 nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Vafot etgan fuqarolar:
1. Axmedov Mavlonbek Raxinbayevich 1986 y.t;
2. Sapayev Mirzabek Ibodullayevich 1990 y.t;
3. Samandarov Narimon Alimovich 1984 y.t;
4. Adambayev Javlonbek Gʻulamovich 1983 y.t;
5. Allaberdiyev Azizbek Qosimovich 1983 y.t.
Qayd etilishicha, hozirda halok boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadi Lipesk viloyati Dubrovskiy tumani shifoxonasida saqlanmoqda.
Vafot etgan fuqarolarning yaqinlari va qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Tezkor raqami” (+998 71) 147-10-50 ga murojaat etishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi