Putinning Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda

Putinning Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin yaqin orada Ozarboyjon, Tojikiston va Oʻzbekistonga safar qiladi. Bu haqda prezidentning xalqaro ishlar boʻyicha yordamchisi Yuriy Ushakov “Izvestiya” nashriga maʼlum qilgan.

Rossiya prezidenti sentyabr oyi oxirida Ozarboyjonga boradi, 27-28 kunlari esa Tojikiston poytaxtida boʻlib oʻtadigan MDHga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammitida qatnashadi. “Izvestiya” xabarida aytilishicha, Putinning Oʻzbekistonga safari oktyabr oyiga rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning oxirgi uchrashuvi joriy yilning iyunida SHHT sammiti doirasida boʻlib oʻtgan. Oʻshanda Rossiya prezidenti kuzda Oʻzbekistonga borishini aytgan edi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar