Amerikalik qariya uyida qirq yildan beri bezog‘liq turgan archani saqlab kelmoqda

AQShning Viskonsin shtatidagi Visi shahri fuqarosi, 89 yoshli Nil Olson o‘z uyida 40 yil oldingi Rodjestvo bayrami kuni bezatilgan archani shu holida saqlab kelmoqda. Bu odam 40 yil oldin, 1974 yilda ikki nafar o‘g‘lini Vetnam urushiga jo‘natayotib, ular uyga qaytishganida archani almashtirishni niyat qilgan edi. Bu haqida “Associated Press” agentligi yozadi.
Xabarda yozilishicha, uning o‘g‘illaridan kichigi uyga sog‘-salomat qaytgan, kattasi esa urushda qattiq jarohat olgan va o‘zi mustaqil harakatlana olmasligi tufayli, 40 yildan beri Vosoga bora olmagan.
“Archadagi o‘yinchoqlar ham o‘sha holida turibdi, changlarini ham arttirmayman”, deydi o‘g‘lini kutayotgan ushbu qariya.
“Bu archa oilamiz a’zosidek bo‘lib qolgan. Bu yilgi bayramni ham shu archa bilan kutib oldik”, – deydi uning ikkinchi o‘g‘li.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing