19:07 / 13.09.2018
3 985

Alisher Usmonov Alibaba bilan yirik onlayn kompaniyaga asos solmoqda

Alisher Usmonov Alibaba bilan yirik onlayn kompaniyaga asos solmoqda
Mail.Ru Group va “MegaFon“ egasi boʻlgan Alisher Usmonovning aytishicha, elektron tijorat sohasidagi ushbu qaror rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning yangi bozorlarga chiqishiga yoʻl ochadi.

Rossiyaning Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI), Xitoyning Alibaba Group kompaniyasi va Rossiya mobil aloqa operatori “Megafon“ hamda Mail.Ru Group birgalikda asos solayotgan kompaniya AliExpress Russia deb ataladi, deb maʼlum qiladi “Xalq soʻzi” nashri.

U Rossiya va MDHda elektron tijorat sohasidagi eng yirik qoʻshma korxona boʻlishi kutilmoqda.

Alisher Usmonovning qayd etishicha, elektron tijorat sohasida global yetakchi sanalgan Alibaba Group bilan hamkorlik Rossiyaning raqamli iqtisodiyotga oʻtishida katta ahamiyatga ega boʻladi.

“Bu hamkorlik Xitoy kompaniyasi bilan ekani inobatga olinsa, aminmanki, Rossiya-Xitoy biznes aloqalarining mustahkamlanishi uchun ulkan salohiyat yuzaga keladi“,- deya Usmonovning soʻzlarini keltirgan RBK manbasi.

Ishbilarmonning aytishicha, AliExpressning hozir Rossiyada mavjud biznesi doirasida qoʻshma korxona barpo etiladi va tomonlar oʻzlarining strategik aktivlarini birlashtiradi.

Bundan tashqari, yangi sarmoya, menejment va zaxiralar jalb etish rejalashtirilgan.

AliExpress hozirning oʻzida xorijdagi rossiyaliklar oʻrtasida onlayn savdo boʻyicha eng ommabop platforma hisoblanadi.

Bitimga muvofiq, Alisher Usmonovning “Megafon“i Alibaba Groupga Mail.Ru Groupdagi 10 foiz hissasini sotadi.

Evaziga AliExpress Russianing 24 foiz hissalarini qoʻlga kiritadi.

2019 yilning birinchi choragida yakunlanishi moʻljallangan bitim soʻnggida Alibaba Group 48 foiz, “Megafon“ 24 foiz, Mail.Ru Group 15 foiz va Toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi (RFPI) esa 13 foiz foiz hissalarga egalik qilishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Alisher Usmonov yaqinda Oʻzbekistonning yuksak mukofoti “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov Alibaba bilan yirik onlayn kompaniyaga asos solmoqda