Qirgʻizistonda Erdoʻgʻan rafiqasining tirbandlikka tushishiga aybdorlar jazolanadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Qirgʻizistonga tashrifi vaqtida uning rafiqasi Omina Erdoʻgʻan kortejining yoʻlda tirbandlikda qolib ketishida aybdor deb topilgan qirgʻizistonlik mansabdor shaxslar jazolanadi. Ularga nisbatan ichki ishlar idoralaridan boʻshatishgacha jazo qoʻllanishi mumkin. Bu haqda Qirgʻiziston Xavfsizlik kengashi kotibi Damir Sagʻinbayev maʼlum qildi.
Uning aytishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Qirgʻiziston prezidenti rafiqasi Aygul Tokoyeva va Omina Erdoʻgʻan 3 sentyabrda Qirchin darasidagi etnoshaharchada boʻlishgach, Bishkekka qaytayotganlarida Erdoʻgʻan xonimning korteji bir soatga yaqin tirbandlikda qolib ketgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Uning aytishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.
Qirgʻiziston prezidenti rafiqasi Aygul Tokoyeva va Omina Erdoʻgʻan 3 sentyabrda Qirchin darasidagi etnoshaharchada boʻlishgach, Bishkekka qaytayotganlarida Erdoʻgʻan xonimning korteji bir soatga yaqin tirbandlikda qolib ketgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…