
Rim papasi Fransisk Sitsiliyaga tashrifi chogʻida mafiya aʼzolariga murojaat qilib, ularni jinoyat va zoʻravonliklardan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda BBCga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Papa oʻz nutqida koʻplari cherkovga boradigan va dindor ekanliklarini namoyish etadigan uyushgan jinoyatchilik aʼzolari bir paytning oʻzida ham Xudoga ishonishi, ham mafioz boʻlishi mumkin emasligini taʼkidladi.
Fransisk Sitsiliya poytaxti Palermoga Juzeppe ota Pulizi xotirasiga ehtirom bildirish uchun bordi. U shaharni oʻz nazoratiga olgan mafiya bilan qarama-qarshilikka borganidan soʻng 1993 yilda oʻldirilgan, 2003 yilda esa avliyolar qatoriga qoʻshilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar