Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Sochidagi muzokaralari 4,5 soat davom etdi.
Putin Bocharov ruchey qarorgohida oʻtgan muzokaralarni sermanzmun deb atagan. Bu muzokaralar joriy yilda Putin va Erdoʻgʻan oʻrtasida boʻlib oʻtgan 4-muzokaralar boʻldi.
Putin uchrashuv natijalariga izoh berar ekan, Rossiya va Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida qurollangan muxolifat va hukumat qoʻshinlari toʻqnashish chizigʻi boʻylab qurolsizlashtirilgan hudud tashkil etishga kelishib olganini maʼlum qilgan.
Putinning taʼkiddlashicha, ushbu hudud eni 15-20 kmga choʻzilib, 15 oktyabrda tashkil etiladi. Hududni Turkiya qurolli kuchlari boʻlinmalarining harakatchan patrul guruhlari va Rossiya harbiy politsiyasi nazorat qiladi.
Erdoʻgʻanning taklifiga koʻra, ushbu hududdan 10 oktyabrgacha ogʻir texnika, tanklar, yoppasiga oʻt ochish reaktiv tizimlari, barcha muxolif guruhlarning qurol-aslahasi va minomyotlari olib chiqiladi.
Putin tez fursatlarda Suriyada konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini taʼminlashga chaqirdi. Rossiya prezidenti, shuningdek, yaqin orada Idlibdagi vaziyatni tartibga solish boʻyicha maslahatlashuvlar boʻlib oʻtishini maʼlum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi